Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
YECHL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar e'lon qilindi
Yevropa chempionlar ligasining 4-haftasidagi eng yaxshi futbolchi sovriniga da'vogar futbolchilar nomi e'lon qilindi. Mazkur ma'lumot UEFA ning rasmiy saytida paydo bo'ldi.

Nomzod futbolchilar bilan tanishing: "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn, "Tsrvena Zvezda" to'purari Milan Pavkov, "Manchester Siti" futbolchisi Riad Mahrez va "Real" a'zosi Karim Benzema.

Ma'lumot uchun, Keyn "Tottenxem" – "PSV" uchrashuvida dubl qayd etdi, Milan Pavkov ham "Tsrvena Zvezda" – "Liverpul" uchrashuvida o'z hisobiga ikkita gol yozdi.

"Manchester Siti" – "Shaxtyor" uchrashuvida Mahrez bitta gol urib ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Benzema esa "Viktoriya Plzen" darvozasiga ikkita gol urdi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 18:17
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™