Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Filippe Koutino 2-3 haftaga safdan chiqdi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino Yevropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida bo'lib o'tgan "Inter"ga qarshi o'yinda (1:1) jarohat oldi.

Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Koutino chap oyog'ining son qismidagi mushagida uzilish yuz bergani aniqlandi. Uning to'liq tiklanishi uchun 2-3 hafta vaqt kerak bo'ladi. Filippe Ispaniya La ligasining 12-turi doirasida bo'lib o'tadigan bahsni o'tkazib yuboradi. U FIFA kunlari sababli yuzaga keladigan tanaffusdan so'ng maydonga qaytadi.

"Inter"ga qarshi o'yinda Koutino to'liq 90 daqiqa o'ynadi va bitta golga uzatma berdi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 18:20
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™