Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Antonio Konte "Chelsi" bilan suddan tashqari murosa qilishdan bosh tortdi
"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyii Antonio Konte londonliklar bilan shartnomasi bo'yicha suddan tashqari kelishishdan bosh tortdi, deya xabar beradi Sky Sports.

Avvalroq, Konte shartnomasi muddatidan avval bekor qilingani uchun tovon puli talab ilingani xabar qilingan edi. Italiyalik mutaxassis angliyaliklardan 23 mln yevro tovon puli undirmoqchi. Undan 13 mln yevrosi mudatidan avval iste'foga chiqarilgani uchun va 10 mln yevrosi murabbiylik obro'sizlangani uchun.

Ta'kidlanishicha, "Chelsi" vakillari sudsiz ushbu ziddiyatni hal qilish uchun Konte bilan uchrashmoqchi bo'lishgan, ammo mutaxassis bu taklifni rad qildi. Kontening advokatlari Sport arbitraj sudida ushbu ish bo'yicha ishlamoqdalar.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 18:20
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™