Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Aleksander Cheferin UEFA prezidentligi uchun yagona nomzod bo'ldi
UEFAning amaldagi prezidenti Aleksander Cheferin tashkilot rahbarligi uchun saylovda yagona nomzod sifatida ishtirok etadigan bo'ldi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, saylov uchun nomzodlik arizalarini qabul qilish kecha, 7-noyabr kuni to'xtatilgan va bu vaqtga qadar faqat sloveniyalik funktsioner ushbu lavozimni egallash istagini bildirgan.

UEFA prezidentligi uchun ovoz berish jarayoni 2019-yilning 7-fevralida, tashkilotning Rimda chaqiriladigan Kongress majlisida bo'lib o'tadi. Tashkilot rahbari bir vaqtning o'zida FIFAda vitse-prezident lavozimini ham egallaydi.

Ma'lumot uchun, Cheferin tashkil etilganiga 60 yildan oshgan UEFAning yettinchi prezidenti sanaladi. U 2016-yil sentyabr oyidan buyon Yevropa futboliga rahbarlik qilib kelmoqda. Bunga qadar Sloveniya futbol assotsiatsiyasi prezidenti, UEFAning Huquqiy qo'mitasi raisining o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 18:21
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™