Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"IHF Inter-Continental Trophy". Finalda Xitoy Taypeyiga qarshi o'ynaymiz
Tailandning Ubonratjatxani shahrida gandbol bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida "IHF Inter-Continental Trophy" musobaqasining Osiyo mintaqasi bahslari o'tkazilayotganligi haqida xabar qilgandik.

Sportchilarimiz guruh bosqichida Hindiston terma jamoasini 44:31, Xitoy Taypeyi vakillarini 38:36 hisobida mag'lub etganliklari haqida xabar qilgandik. Hamyurtlarimiz guruhdagi so'nggi uchrashuvni mezbon – Tailand terma jamoasiga qarshi o'tkazishdi va 39:31 hisobida g'alaba qozonishdi.

Shu tariqa yosh gandbolchilarimiz guruh bosqich bahslarini yuz foizlik natija bilan yakunladilar. Endi yigitlarimiz ertaga musobaqa g'olibligi uchun guruhdagi "eski tanish" – Xitoy Taypeyi terma jamoasi vakillariga qarshi parketga chiqadilar.

Musobaqa g'olibi "IHF Inter-Continental Trophy"ning jahon bosqichiga yo'llanma oladi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 18:21
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™