Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Umid Ahmadjonov MOQda Tokio 2020 o'yinlari tashkiliy hay'at a'zosi bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, poytaxtimizda sport tibbiyoti bo'yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tmoqda. Mazkur yirik tadbir davomida Toshkentga bir qator martabali mehmonlar tashrif buyurganlar. Ular orasida Tokio Olimpiadasining tashkiliy hay'ati a'zosi, KEIO sport tibbiyoti universiteti professori Xiroyuki Ishida ham bor.

Ushbu konferentsiya doirasida bugun professor Ishida Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Mehmon bilan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Bosh kotib Jasur Matchanovlar uchrashuv o'tkazishdi.

"Sizni O'zbekistonda yana bir marotaba ko'rib turganimizdan xursandmiz. O'zbekiston Tokio Olimpiadasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu yo'lda strategiya ishlab chiqqanmiz. Rejalarimiz amalga oshsa biz litsenziya va medallar bo'yicha rekordimizni yangilaymiz", – dedi Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida mehmon yana O'zbekistonda ekanligidan mamnunligini aytib o'tdi.

"Yana bir marotaba O'zbekistonga kelganimdan xursandman. Yaponiya ham 2020-yilgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Umid qilamizki, O'zbekiston ushbu o'yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etadi. Bu borada qanday yordam kerak bo'lsa, ko'rsatishga tayyormiz", – dedi janob Ishida.

Uchrashuv davomida tomonlar Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonida hamkorlik qilish, bir qator tashkiliy masalalar bo'yicha kelishuvga erishdilar.

Tadbir so'nggida Umid Ahmadjonov an'anaga ko'ra mehmonga O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan esdalik sovg'asini taqdim etdi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 18:21
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™