Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Mauritsio Sarri "Chelsi" futbolchilariga ta'qiq qo'ydi
"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri futbolchilarga nisbatan bir ta'qiqni joriy qildi va bu haqida o'zi aytib o'tdi.

"BATE" jamoasiga qarshi Yevropa Ligasi bahsiga bir qator o'yinchilarni uyda qoldirdi, shu jumladan hujumchi Alvaro Morata ham qolgan. Jurnalistlar Sarridan Morataning Kobxem bazasida tosh ko'taradimi deb so'rashganida qiziq bir javobni olishdi.

"U og'irlik ko'tarmaydi. Kecha u aerobika bo'yicha mashg'ulotlarni o'tkazdi. Bugun esa unda kuch mashg'ulotlari bo'ladi – lekin hech qanday og'irlik bilan ishlamaydi.

Trenajor zalida biz faqatgina oddiy usulda ishlaymiz. Hech kim og'irlik ko'tarmaydi. Men hech bir futbolchida og'irlik ko'tarish maydonda ish berganini ko'rmaganman", - deydi Sarri Daily Mail nashriga.

Manba: www.uff.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 22:27
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™