Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Odil Ahmedov o'zbekistonlik muxlislarga Xitoydan salom yo'lladi
7-noyabr kuni futbol bo'yicha Xitoy Superligasida 2018/19 yilgi mavsum chempioni nomi ma'lum bo'ldi.

29-tur uchrashuvlari yakuniga ko'ra, "Shanxay SIPG" jamoasi Xitoy chempionati g'olibiga aylandi. Superliga yakuniga 1 tur qolganda "Shanxay SIPG" "Shensi Chanba" jamoasini o'z maydonida qabul qilib, 2:1 hisobida mag'lub etishga erishdi. Shanxayliklar tarkibida O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov gol kiritib, jamoasining g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi.

Ushbu xursandchilikdan so'ng Ahmedov o'zbekistonlik futbol muxlislariga o'zining salomini yo'lladi.

Ma'lumot uchun, o'zbekistonlik futbolchi joriy mavsum "Shanxay SIPG" tarkibida Xitoy Superligasida 19 ta o'yin o'tkazdi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 22:28
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™