Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Mesut O'zil faoliyatini qaysi jamoada yakunlaydi?
“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O'zil professional faoliyatini hozirgi jamoasida yakunlashga qarshi emasligini bildirdi.

“Nimaga yo'q? Men hali yoshman, endigina 30 ga to'ldim. Futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin, ammo men “Arsenal”dek katta jamo sharafini himoya qilayotganimdan baxtliman. Men bu erda to'p tepib, rohatlanayaman va faoliyatimni bu erda yakunlashim ham mumkin.

Nechchi yoshimga qadar to'p tepaman? Imkon bo'lsa 38 ga qadar. Agar o'zimni yaxshi his qilsam, 35, 36 yoshimga qadar to'p tepsam kerak deb o'ylayman. Ammo hammasi qanday kechishini vaqt ko'rsatadi. Ko'ramiz”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Evening Standart.

Mesut «kanonirlar» safida 2013 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Germaniyalik futbolchi faoliyati davomida “Shalke-04”, “Verder”, “Real” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Joriy mavsumda APL bahslarida futbolchi uchta gol urib, 9 bor jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qildi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 22:28
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™