Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Mbappe 2ta natijasi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirdi
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Ginnes rekordlar kitobining ikki karra rekordchisiga aylandi. U tomonidan 2017-yilda qayd etilgan 2ta natija rasman kitobdan o'rin oldi.

Mbappe 2017-yilning 9-may kuni Yevropa chempionlar ligasining yarim finalida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U "Monako" safida "Yuventus" darvozasini ishg'ol qilganida 18 yoshu 140 kunlik edi.

Bundan tashqari, frantsiyalik hujumchi "Oltin to'p" sovrini uchun da'vogarlar safiga kirgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi. 2017-yilning 9-oktyabr kuni ro'yxat e'lon qilingan paytda Mbappe 18 yoshu 293 kunlik edi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 22:30
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™