Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ronaldu yana Portugaliya terma jamoasiga chaqirilmadi
Portugaliya terma jamoasi murabbiylar shtabi UEFA millatlar ligasi musobaqasi doirasida Polsha va Italiyaga qarshi bo'ladigan o'yinlar uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu safar terma jamoa yig'iniga taklif etilmadi.

Oktyabr oyi boshida tarqatilgan xabarda 33 yoshli futbolchi o'zini 2018-yilning oxiriga qadar chaqirmaslikni murabbiylar shtabidan so'ragani haqida aytilgandi. Ammo oktyabr so'nigida Ronaldu Italiyaga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Portugaliya terma jamoasining noyabr oyidagi yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabon: Betu, Klaudiu Ramush, Ruy Patrisiu.
Himoyachilar: Sedrik Soaresh, Joao Kanselu, Joze Fonte, Luish Netu, Pepe, Ruben Diash, Mariu Ruy, Rafael Gerreyru.
Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh, Danilu Pereyra, Andre Gomesh, Joao Mariu, Pitstsi, Renatu Sanshesh, Ruben Nevesh, Villiam Karvalyu, Bernardu Silva.
Hujumchilar: Andre Silva, Bruma, Gonsalo Gedesh, Eder, Rafa.

Italiya – Portugaliya o'yini 17-noyabr kuni Milan shahrida, Portugaliya – Polsha bahsi 19-noyabr kuni Gimaraeshda bo'lib o'tadi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 22:31
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™