Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ertaga Olmaliqda katta bayram bo'ladi
Xabaringiz bor, AGMK klubi 2018-yilgi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi.

SHu munosabat bilan ertaga, 9-noyabr kuni Olmaliq shahrida katta bayram tadbiri va taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Bayram soat 14:00da boshlanadi.

Soat 18:00da Superliga doirasidagi AGMK - "Qo'qon-1912" uchrashuvi boshlanadi.

AGMK klubi ushbu bayram tadbiri va futbol uchrashuvini yoritishni maqsad qilgan jurnalistlarga qulaylik yaratish maqsadida ular uchun Toshkent-Olmaliq-Toshkent yo'nalishida avtobus ajratdi. Avtobus 9 noyabr kuni soat 10:30da Toshkentdagi "O'zbekiston" mehmonxonasi oldidan jo'naydi.

Manba: www.championat.asia
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 22:31
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™