Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
YECHLning ushbu mavsumida VAR tizimi paydo bo'lishi mumkin
UEFA Yevropa chempionlar ligasining ushbu mavsumida videotakrorlar tizimini yo'lga qo'yishi mumkin. Musobaqaning pley-off bosqichidan boshlab VAR'dan foydalanilishi rejalashtirilmoqda.

YECHLning 4-turi doirasida bo'lib o'tgan "Manchester Siti" - "Shaxtyor" o'yinida belgilangan g'alati penalti tufayli UEFA tanqidlar ostida qolib ketdi. UEFA Chempionlar ligasiga 2019/2020-yilgi mavsumdan boshlab VAR tizimini joriy qilishni ko'zlayotgandi. Ammo bu ish tezlashib ketadigan ko'rinadi.

UEFA qo'mitasi dekabr oyi boshida yig'ilish o'tkazib, pley-off bosqichidan boshlab VAR'dan foydalanish masalasini muhokama qiladi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 08.11.2018 / 22:32
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™