Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Jennaro Gattuzo: "Biz ro'molchamizni olib yig'lamaymiz, jang qilamiz"
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Betis"ga qarshi Yevropa ligasi uchrashuvidan (1:1) so'ng, "Yuventus" bilan bo'ladigan bahs oldidan jarohatlar haqida gapirdi.

"Milan" yarim himoyachisi Lukas Bigliya 4 oy maydonga tusha olmaydi. Mateo Musakko Ispaniyadagi bahsni oxirigacha davom ettira olmadi, Xakan Chalxanoglu xam jarohat oldi.

Bundan tashqari, yakshanba kuni bo'ladigan bahsda Davide Kalabriya, Jakomo Bonaventura va Gonsalo Iguainning ishtirok etishi so'roq ostida.

"O'ynay oladigan futbolchilarimiz qancha ekanligini sanab ko'ramiz. Shifokor nima deyishini kutish kerak, men murabbiyman, shifokor emas.

Jang qilamiz. Musakkoning felini biladigan odam sifatida bir narsani aytishim mumkin - u o'yinda ishtirok etish uchun hamma ishga qo'l uradi. Chalxanogluda oddiy shikastlanish. Ko'ramiz.

"Yuventus" - Yevropaning eng kuchli klublaridan biri, ammo ro'molchani olib yig'lamaymiz. Ularga qarshi o'z o'yinimizni ko'rsatamiz" - deydi Gattuzo.

Manba: www.championat.asia
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 09.11.2018 / 18:44
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™