Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Manchester Siti" Manchiniga shartnomada ko'rsatilgandan ikki baravar ko'p pul to'lagan ekan
"Manchester Siti" klubi 2009-2013-yillarda "shaharliklar"ni boshqargan Roberto Manchinining haqiqiy maoshini yashirgan.

Malumotlarga ko'ra, italiyalik mutaxassis har yili klubdan 3,2 mln funt olgan. Shartnoma bo'yicha uning maoshi 1,45 mln funt bo'lgan. Manchini mablag'ning qolgan qismini (1,75 mln funt) "Manchester Siti" egasiga tegishli bo'lgan BAAning "Al-Jazira" klubidan olgan. Ma'lum bo'lishicha, bu mablag' mutaxassisga maxsus maslahatchi xizmati uchun to'langan.

"Manchester Siti" Manchini qo'l ostida Angliya Premyer-ligasi g'olibiga aylangan edi. Ayni damda mutaxassis Italiya terma jamoasini boshqarmoqda.

Manba: www.championat.asia
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 09.11.2018 / 18:45
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™