Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Real" yanvarda Kataloniya klubi himoyachisini sotib olmoqchi
"Real" qishki transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Qirollik klubi"ning yangi maqsadi Kataloniyaning "Espanol" klubi himoyachisi Mario Ermoso. Futbolchi joriy mavsum sezilarli o'sishga erishdi, 8-noyabrda Ispaniya terma jamoasiga chaqirildi. Ermoso "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017-yilda "Espanol"ga o'tgan, qaymoqranglilar himoyachini yanvarda 7,5 mln yevro evaziga sotib olishi mumkin.

"Espanol" o'zining muhim futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas, biroq moliyaviy muammolar tufayli Ermosoni sotishga majbur bo'lishi mumkin. "Arsenal" ham himoyachi kuzatishda davom etmoqda.

Manba: www.champuionat.asia
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 09.11.2018 / 18:47
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™