Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ander Errera: "Manchester derbisida "Siti" favorit"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Erreraning fikricha, Angliya Premyer-ligasining 12-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan bahsda "shaharliklar" favorit.

"Manchester derbisida "Siti" favorit, chunki ular juda yaxshi formada, ammo bu "Manchester Yunayted" va keyingi vaziyatda nima bo'lishini bilmaysan.

Tanqidga keladigan bo'lsak, "Yunayted" Angliyaning eng yirik klubi. Bu erda besh yildan beri to'p tepaman va van Gal qo'l ostida o'ynaganimizda har kuni biz haqimizda yozishgan. Mourino qo'l ostida ham shunday bo'lyapti. Yangi murabbiy kelsa bu yana takrorlanadi deb o'ylayman. "Manchester Yunayted" futbolchilari bunga ko'nikishlari kerak. Premyer-ligadagi raqiblarimiz mag'lub bo'lsa, gazetalar ular haqida bunchalik ko'p yozishmaydi, ammo biz yutqazsak, katta shov-shuv bo'ladi" - deydi Errera.

"Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 11-noyabr kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: www.champuionat.asia
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 09.11.2018 / 18:48
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™