Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Fernando Lorente Ispaniyaga qaytishi mumkin
"Tottenxem" hujumchisi Fernando Lorente Ispaniyaga qaytishi mumkin.

33 yoshli futbolchining "shporlar" bilan tuzgan shartnomasi 2019-yilgacha mo'ljallangan. Biroq, "Atletik" ispaniyalik futbolchini qishdayoq qaytarishga tayyor.

27-dekabr kuni Bilbaoda klub prezidentini tanlash uchun saylov o'tkaziladi. Bu postda sakkiz yil davomida ishlagan Xosu Urrutiya o'z nomzodini qo'ymadi. Yangi nomzodlarning asosiy maqsadlari esa Lorenteni "basklar" o'lkasiga qaytarish.

Ma'lumot uchun, Lorente "Atletik"da 2005-yildan boshlab 2013-yilgacha o'ynagan. Shundan so'ng, u "Yuventus", "Sevilya" va "Suonsi" klublarida o'ynashga ulgurdi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 09.11.2018 / 18:53
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™