Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Barselona" Rakitichning jarohati borasida bayonot berdi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich jarohat olib, Xorvatiya terma jamoasi qarorgohini tark etgani haqida xabar berib o'tgandi. Futbolchining jarohati borasida "ko'k-anorranglilar" rasmiy veb-sayti xabar tarqatdi.

"Ivan Rakitich o'ng oyog'idagi mushagida cho'zilish yuz bergan. Uning safga qaytish muddati tiklanish jarayoniga bog'liq", – deya xabar tarqatdi klub matbuot xizmati.

Rakitich ushbu mavsumda "Barsa" safida 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.

UEFA millatlar ligasi doirasida Angliya - Xorvatiya o'yini ertaga, 18-noyabr kuni bo'lib o'tadi. Bu bahsda g'alaba qozongan jamoa musobaqaning final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Eslatib o'tamiz, Ivan Rakitich Ispaniya La ligasining 12-turi doirasida bo'lib o'tgan "Betis"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi. U navbatdagi turda bo'ladigan "Atletiko"ga qarshi o'yinni diskvalifikatsiya tufayli o'tkazib yuboradi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 17.11.2018 / 20:30
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™