Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Dubai cup. O'zbekiston OTJ mezbonlarni mag'lub etdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida olimpiya terma jamoalari o'rtasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor. Turnirning ikkinchi turi doirasida O'zbekiston U23 terma jamoasi mezbonlarga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 75 daqiqasi davomida hisob ochilmadi. Aynan shu daqiqada vakillarimiz raqib darvozasini ishg'ol qilishdi. Oradan 5 daqiqa o'tib Ravshan Haydarov shogirdlari qarshi hujum tashkil qilishdi va penalti ishlashdi. 11 metrli jarima zarbasidan olimpiyachilarimiz unumli foydalanib, hisobdagi farqni oshirishdi.

O'zbekistonliklar dastlabki turda Yaponiya bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan bo'lsalar, BAA Kuvaytni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Jamoamiz 20-noyabr kuni Kuvaytga qarshi maydonga chiqadi.

Yaponiya va Kuvayt o'rtasidagi 2-turning yana bir bahsi Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi.

Dubai cup. International U23
BAA U23 - O'ZBEKISTON U23 - 0:2 (0:0)

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 17.11.2018 / 20:32
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™