Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Pep Gvardiola: APLda hech qachon bo'shashish kerak emas
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Uotford"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"APLda hech qachon bo'shashish kerak emas. Shuning uchun ham u ajoyib. 2:0 — hali g'alaba degani emas, uchinchi golni ham urish kerak. Biz raqibga nisbatan yaxshiroq o'ynadik va g'alabaga munosib bo'ldik. Ammo o'yin taqdirini ertaroq hal qilish lozim.

O'yin so'ngida "Uotford"da golli vaziyatlar bo'ldi. Besh daqiqa davomida ular bizga nisbatan yaxshiroq o'ynashdi. Bizni rekordlar emas, g'alaba qiziqtiradi. Barcha 38ta o'yinni oson yutish mumkin emas, buning iloji yo'q", – dedi Gvardiola.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 05.12.2018 / 12:29
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™