Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
FIFA vakillari "Milliy" stadioniga tashrif buyurishdi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkentda FIFA Forward dasturi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi. Seminar doirasida bir qator masalalar muhokama qilindi. Qatnashchilarga FIFA Forward dasturidan unumli foydalanish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Seminar so'nggida FIFA vakillari Elia de Santis va Leonard Greter "Milliy" stadioniga tashrif buyurishdi. Ular yangi mavsum oldidan stadion chimini FIFA Forward dasturi orqali yangilash bo'yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida tegishli ko'rsatmalar berib o'tishdi.

Mazkur loyiha bo'yicha kelgusida "Milliy" stadionining chimini yangilash ishlari FIFA Forward dasturi orqali moliyalashtirilishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, FIFA vakillari "Milliy" stadion bilan yaqindan tanishib, faxriy mehmonlar kitobida o'z tilaklarini yozib qoldirishdi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 05.12.2018 / 19:31
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™