Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
PFL 14-dekabr kuni Yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi
Anchagina qiziqarli va tomoshabop tarzda o'tgan 2018-yilgi futbol mavsumi mamlakatimizda rasman o'z nihoyasiga yetdi.

Mavsum-2018 sarhisobini amalga oshiradigan vaqt ham yetib keldi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Professional Futbol Ligasi ortda qolgan mavsum davomida o'zini har tomonlama ko'rsatib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo'lgan eng yaxshilarni taqdirlash marosimini o'tkazadi. Yil yakunlariga bag'ishlangan tantanali marosim 14-dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Unda quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshilar taqdirlanadi:

- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi;

- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi;

- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi darvozaboni;

- O'zbekiston chempionatining eng chiroyli goli;

- PEPSI Superliga-2018 to'purari;

- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi;

- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi ayol futbolchisi;

- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi;

- Fair Play sovrini;

- O'zbekiston Professional Futbol Ligasi maxsus sovrini.

Shuningdek, yil yakunlariga bag'ishlangan tantanali marosimda mavsum davomida o'z sohasi bo'yicha qolgan klublarga o'rnak bo'la oladigan tarzda faoliyat olib borgan Eng yaxshi matbuot xizmati, Eng yaxshi marketing xizmati va qolaversa, muxlislar bilan ishlashda yaxshi natijalarga erishgan fan-klublar ham alohida taqdirlanadi.

Taqdirlash marosimi va Yilning eng yaxshilarini aniqlash jarayoni bo'yicha ma'lumotlar qo'shimcha tarzda PFL rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida berib boriladi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 05.12.2018 / 19:32
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™