Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Navas qishda "Real"ni tark etishni istamoqda
"Real" klubi darvozaboni Keylor Navas o'zining jamoadagi holatidan qoniqish hosil qilmayapti.

Kosta-rikalik futbolchi avvalgi mavsumlarda jamoaning asosiy darvozaboni sifatida 3-marta Yevropa chempionlar ligasida bosh sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsa, ushbu mavsumda u "Qirollik klubi"ning zaxira darvozaboniga aylanib qoldi.

Navas "Real" rahbariyatidan o'zini qishki transfer paytida boshqa jamoaga qo'yib yuborishini so'ramoqchi. Ammo "qaymoqranglilar" Keylorni osonlikcha qo'yib yubormaydi. Boisi, u jamoadan ketsa, Kurtuaga o'rinbosar darvozabon qolmaydi.

Eslatib o'tamiz, Navas 2014-yilda "Real" safiga o'tgandi. Kosta-rikalik posbon ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 7ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol o'tkazib yubordi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 05.12.2018 / 19:35
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™