Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Unai Emeri: "Biz "Manchester Yunayted"ni mag'lub etishni istagandik"
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya chempionatining 15-turi doirasida bo'lib o'tgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin (2:2) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo'lim birinchisiga nisbatan yaxshiroq o'tdi. Biz bugun g'alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo raqib har ikkala golimizdan keyin hisobni tezda tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.

Biz himoyadagi o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Shu bilan birga muvozanatni saqlab qolishimiz kerak va hujumda faollikni yo'qotib qo'yishimiz kerak emas.

Balki, hisob 2:2 bo'lganidan keyin nazoratni biroz qo'ldan chiqargandirmiz, ammo shundan so'ng ham biz ko'proq golli vaziyatlarni yaratdik. Bugungi o'yinimiz bilan faxrlanaman. G'alaba qozonishni istagandim, ammo durang ham biz uchun yaxshi natija", – dedi Emeri.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 15:47
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™