Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Solari nima uchun Iskoni zaxiraga "mixlab" qo'yganini tushuntirdi
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari "Melilya"ga qarshi bo'ladigan Ispaniya kubogi bahsi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Melilya"ga qarshi dastlabki o'yin natijasida haqida
"Safarda yaxshi jamoaga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. Bu jamoa o'z guruhida yetakchilik qilmoqda".

Diego Simeonening "Oltin to'p"ni faqat "Real" futbolchilari olishi borasidagi fikri haqida
"Cholo nima deganini bilmadim. Men uni hurmat qilaman, u ajoyib murabbiy. Luka haqida to'xtaladigan bo'lsam, u sovrin yutib olishga haqli edi. U "Real" va Xorvatiya terma jamoasi uchun borini berdi. Modrich "Oltin to'p"ni yoshi ulg'ayib qolgan paytda qo'lga kiritdi. Bu esa sovrinning qadrini yanada oshiradi".

Isko bilan munosabatlari haqida
"Jamoada 24 nafar futbolchi va "Kastilya" o'yinchilari bor. Futbolchilarning qanchalik sidqidildan mehnat qilayotganini ko'rib turibman. Buni maydonda ham ko'rishni istaymiz".

Isko kam mehnat qilmoqdami?
"Bu muhokama qilinmaydi... Kimning o'ynashi, kimning o'ynamasligini muhokama qilish — bu jurnalistning ishi emas. Futbolda qaysidir o'yinchining samaradorligi pasayishi mumkin. Murabbiyning ishi esa — xato qilmaslik. Hech birimizga hech narsa kafolatlanmagan".

Isko "Oltin to'p" uchun da'vogarlar safida bo'la turib, zaxirada qolishi — normal holatmi?
"O'z futbolchilarimga hurmat bilan yondoshaman. Shuningdek, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan Modrichni ham yaxshi ko'raman. Jamoa 24 nafar futbolchidan iborat".

Iskoning instagram orqali qo'ygan savoli haqida (futbolchi "men semizmanmi"? degan)
"Afsuski, men ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmayman".

Keylor Navas va Ispaniya kubogi haqida
"Har bir futbolchi yaxshi formada bo'lishi biz uchun muhim ahamiyatga ega. Futbolchining iqtidori jamoaning foydasiga xizmat qilishi lozim. Eng muhimi — jamoaning natijasi".

Kazemiro qaytganidan keyin Markos Lorente nima qiladi?
"Men uchun almashtirib bo'lmas futbolchilar yo'q. Albatta, jamoada ancha yillardan beri yuqori samaradorlik ko'rsatayotgan futbolchilar bor. Ular o'n yillardan beri asosiy tarkib futbolchisi bo'lib kelishmoqda. Ammo shunchaki nomi chiqqani uchun hech kim umrbod o'ynay olmaydi".

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 15:48
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™