Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Pogba Mourinodan "Manchester Yunayted"ning barcha muammolarida uni ayblamasligini talab qildi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba Angliya klubi bosh murabbiyi Joze Mourinodan jamoaning barcha muammolarida uni ayblamasligini talab qildi. Bu haqida Manchester Evening News xabar bermoqda.

Avvalgi xabarlarga ko'ra, Premer-liganing 14-tur "Sautgempton" jamoasi bilan qayd etilgan durang natijadan keyin Mourino Pogbaga kiyim almashtirish xonasida murojaat qilib o'yinchini "virus" deb atagan. Bundan keyin frantsiyalik futbolchi murabbiydan uni aybdorga chiqarmasligini so'ragan.

Eslatib o'tamiz, Mourino va Pogba joriy mavsumning boshida ham janjallashgan edi. Natijada frantsiyalik yarim himoyachi klubni tark etmoqchi bo'ldi. Shu qishning o'zida Pogba "Yuventus" klubiga qaytib ketishi mumkin.

Manba: www.uff.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 20:54
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™