Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Unai Emeri: "Arsenal" g'alabaga haqli o'yin namoyish qildi
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya chempionati 15-tur doirasida "Manchester Yunayted" klubi bilan qayd etilgan natija borasida fikr bildirib o'tdi. Uchrashuv "Old Trafford"da bo'ldi va 2:2 hisobi bilan yakun topdi.

"Biz butun 90 daqiqada davomida o'yinni nazorat qila olmadik. Durang – biz ko'rsatgan o'yinga ko'ra yaxshi natija emas, lekin yomon ham emas. Men futbolchilarimga ushbu haftani yuqori suratda yakunlashimiz kerakligini aytdim.

Men birgalikda amalga oshirilgan barcha ishlarimizdan g'ururlanaman. Biz hisobda oldinda bo'lgan paytimiz yaxshi edi, biroq raqib tezda farqni yo'qqa chiqardi. O'ylashimcha, shogirdlarim ikkinchi bo'limda g'alaba qozonishga haqli o'yin namoyish qildi. Biz uchinchi golga "Manchester Yunayted"dan ko'ra yaqinroq edik, lekin De Xea darvozani zo'r qo'riqladi", - deydi ispaniyalik murabbiy.

Manba: www.uff.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 20:54
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™