Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Barselona" klubi "Yuventus" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Barselona" klubi "Yuventus" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deya xabar qilmoqda Corriere dello Sport nashri.

Manbada ta'kidlanishicha, katalon klubi futbolchini qishki transfer mavsumida yoki yozda sotib olishni mo'ljal qilmoqda va uning uchun 60 mln yevrodan voz kechishga tayyor.

"Barselona" urugvaylik futbolchini sotib olgan holda maydon markazini mustaxkamlamoqchi. Avvalroq ko'k-anorranglilar shuningdek, Frenki de Yong ("Ayaks"), Adrian Rabo (PSJ) va Tangi N'Dombele ("Lion") kabi futbolchilar variantini ham ko'rib chiqayotgani xabar qilingandi.

21-yoshli Betankur "Yuventus"ga 2017-yilda "Boka Xuniors"dan o'tgandi. Turinliklar uning transferiga 10,5 mln yevro to'lashgandi.

Manba: www.uff.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 20:55
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™