Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Joze Mourino: Bizni tinch qo'ying va vaqt bering
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Angliya chempionati 15-tur doirasida "Arsenal" jamoasiga qarshi o'yindan keyin mankunianliklarning o'yini borasida xulosa chiqarmaslikka chaqirdi.

"Men hozirgi "Manchester"ni Roy Kin, Ruud van Nistelroy va Nemanya Vidich o'ynagan jamoa bilan tenglashtirayotgan odamlar fikriga bilan qo'shilmayman. Bizni tinch qo'ying va vaqt bering. Men jamoada yurak va qalb borligidan xursandman, lekin buning barqaror va butun o'yin namoyish qilishiga kamlik qilmoqda.

Yigitlar yana maydonda bor kuchlari bilan o'ynashdi, buning uchun ularni maqtash lozim. Ular bor kuchlari bilan o'ynashdi va uchrashuvdan keyin haqiqatdan ham charchagan holatda ko'rinishdi. Smolling sog'ligidagi muammolariga qaramay o'ynadi, Reshford futbolkasi uchun barchasini berdi. Shunga qaramay zahira o'rindig'idan jamoaning o'yinida tahlika borligi sezilib turdi. "Arsenal" biz uchun qulay bo'lmagan hududda to'pga egalik qilgan paytdagina xavfli bo'ldi", - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Manba: www.uff.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 20:55
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™