Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Bavariya" ikkita gollandiyalik futbolchi uchun 150 mln sarflashga tayyor
"Bavariya" klubi "Ayaks"ning ikki futbolchisi – yarim himoyachi Freki de Yong va himoyachi Matteys de Ligtga qiziqish bildirmoqda, deya xabar qilmoqda Bild nashri.

Manbada ta'kidlanishicha, nemis klubi ikkita yosh iqtidor egasi uchun 150 mln yevro sarflashga tayyor. Ushbu ikki futbolchiga "Barselona", "Real", PSJ, "Chelsi", "Manchester Siti" va "Liverpul" klublaridan ham qiziqish bor.

Ta'kidlash joiz "Bavariya"ning transfer rekordi 41,5 mln yevro hisoblanadi. Myunxenliklar ushbu miqdordagi pul evaziga yozda "Lion" vakili Korenten Tolissoni sotib olishgandi.

Ushbu mavsum 21 yoshli de Yong "Ayaks" safida 22 o'yin o'tkazib, 2ta gol urgan. 19 yoshli de Ligt hisobida esa 24 o'yinda uch gol mavjud.

Manba: www.uff.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 20:56
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™