Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Mauritsio Sarri: "Chelsi" 55 daqiqadan keyin boshqa jamoaga aylanib qoldi
"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Angliya chempionati 15-turi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi kechgan bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tabiyki, men hayratdaman. Birinchi bo'limda biz juda yaxshi harakat qildik, o'yin taqdirini xal qilib qo'yishimiz ham mumkin edi.

Ammo keyin kutilmagan gol o'tkazib yubordik va o'yin tenglashdi. Buni tushunishim qiyin. G'alabani tortib olish uchun bizda vaqt bor edi. Jamoa nima sababdan bunday munosabatda bo'lganini tushunmay qoldim.

Penalti borasida bir narsa deya olmayman. Ikkinchi bo'limning dastlabki o'n daqiqaligida bizda beshtacha qulay imkoniyat bo'ldi. Men bitta ehtimoliy penaltini muhokama qilishni istamayman.

Biz 55 daqiqa ichida juda yaxshi ko'rindik, keyin esa boshqa jamoaga aylanib qoldik.

Men Italiyada "Napoli" bilan 91 ochko to'plab chempionlik poygasida yutqazganman. Shunday ekan, har bir o'yindagi ochkolar muhim ekanini bilaman", – skazal Sarri.

Manba: www.uff.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 20:57
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™