Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Mirjalol Qosimov: "Toshkentda erisha olmagan natijamizni bu yerda qayd etmoqchimiz"
"Poxang Stilerz” – “Bunyodkor” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumaninig birinchi qismida “qaldirg'ochlar” ishtirok etishdi.

- Juda qiziqarli uchrashuv bo'lishi kutilmoqda. Musobaqa jadvaliga nazar tashlasak, hammasi chigallashib ketgan. Birdaniga uchta jamoa pley-offga chiqish imkoniyatiga ega. “Poxang Stilerz”ga qarshi uchrashuvlarimiz har doim ham murosasiz va shiddatli, shuningdek hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Raqib halqaro tajribaga ega bo'lgan kuchli jamoa. Poxanliklar bejizga K-ligada peshqadamlik qilishmayapti. Shunga qaramay, Toshkentda erisha olmagan natijamizni bu yerda qayd etmoqchimiz. Shogirdlarim o'yinga shay va keyingi bosqichga chiqish uchun bor mahoratlarini namoyish etishadi. O'ylaymanki, Xayrulla Karimovning diskvalifikatsiyasi rejalarimizga katta o'zgarishlar kiritmaydi. Kimdir jarohat bilan bog'liq, boshqasi esa kutilmagan yana boshqa sabab tufayli safdan chiqadi. Bu – futbol! Har bir raqibga bir xilda tayyorlanamiz. Birinchi navbatda klub imidjini yanada ko'tarish uchun harakat qilamiz. So'nggi ikki haftada “Poxang Stilerz” bir necha uchrashuvlar o'tkazdi. Raqibimiz ustozi barcha futbolchilarga imkoniyat berib, tarkibda tez-tez o'zgarish qilib turibdi. Tig'iz taqvim tufayli koreyslarda charchoq alomatlari bor, deb o'ylamayman, - deydi Mirjalol Qosimov.

Mirzahakim To'xtamirzaev
Poxang

Manba: www.fcbunyodkor.com
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 29.04.2013 / 15:43
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™