Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Sun-Xong Xvang: "Guruhdan chiqish uchun hujum qilishga majburmiz"
“Bunyodkor” – “Poxang Stilerz” uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Poxang Stilerz” vakillari ishtirok etishdi.

- Ertangi kun o'yinlaridagi eng muhim bahs aynan bizning uchrashuvimiz, degan bo'lardim. “Bunyodkor” bilan bo'lgan avvalgi uchrashuvlarimizning hech biri oson kechmagan. O'ylaymanki, ertaga ham muxlislar shiddatli va jangavor o'yin guvohi bo'lishadi. Jamoamizda bitta jiddiy yo'qotish bor. Bu muammoni boshqa o'yinchi orqali hal etishga harakat qilamiz. K-ligadagi muvaffaqiyatli ishtirokimiz Osiyo Chempionlar ligasi turniridagi harakatlarimizga halal bermaydi. Aksincha g'olibona ruh jamoa kayfiyatini ko'taradi. “Bunyodkor”ga qarshi aynan mana shunday taktikaga asoslangan o'yin namoyish etamiz deyolmayman. Barchasi raqibga va uning bizga qanchalik imkoniyat berishiga bog'liq. Shunga qaramasdan, ko'proq hujumga o'tishga harakat qilamiz. Chunki guruhdan chiqish uchun shunga majburmiz. Biroq himoyani ham unutmaymiz va orqa chiziqda ham tartibli o'ynashimiz kerak. O'yin oldidan xursand qilayotgan jihat shuki, so'nggi uchrashuvlarda zaxirada o'tirgan futbolchilarga ko'proq imkon berdim va ular ishonchimni oqlashdi. Shu boisdan ham o'yin oldidan bir qancha futbolchilar ichidan eng yaxshilarini tanlab olaman. Pley-offga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz, - deydi “Poxang Stilerz” bosh murabbiyi Sun-Xong Xvang.

“Poxang Stilerz” bosh murabbiyi matbuot anjumaniga o'zi bilan birga yarim himoyachi Xvang Jin Sungni olib keldi.

- Jamoa ichidagi muhit a'lo darajada. Kayfiyatlar ham juda yaxshi. Ertangi bahsda g'alaba qozonib, turnirdagi ishtirokimizni davom ettirishimizni istaymiz. Toshkentdagi bahsga quyidagicha izoh beraman: Yoshlarimiz munosib o'yin namoyish etishdi va “Bunyodkor”dek kuchli jamoa maydonidan ochko bilan qaytdi. Balki o'sha o'yinga asosiy tarkib bilan borganimizda uch ochko bilan qaytarmidik....

Mirzahakim To'xtamirzaev
Poxang
Manba:
www.fcbunyodkor.com
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 29.04.2013 / 21:16
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™