Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• UzOnline.Ru - Live natijalar!
• Championat.In - Online translatsiya
Yurgen Klopp: Javob o'yini butunlay boshqacha bo'ladi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Liga kubogi yarimfinalining birinchi o'yinida "Sautgempton"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'tkazib yuborilgan golga noto'g'ri munosabatda bo'ldik. Biz raqib ortidan ulgurmadik, yetarli darajada jipslasha olmadik. Buni tushuntirish oson - biz safardagi kubok uchrashuviga noto'g'ri reja tuzdik. Bunday uchrashuvlarda har doim qiyin bo'lgan.

"Sautgempton" ko'proq vaziyatlar yaratdi, chunki biz jipslashib harakat qilmadik. Karius bizni qo'lidan kelganicha saqladi. Raqib haqli g'alabaga erishdi, ammo bu birinchi o'yin, xolos.

O'yinimizdan qoniqmadim. To'p bilan ko'proq muomala qilishimiz kerak edi. Biz bundan yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Bunaqasi bo'lib turadi.

O'yinni yomon boshlamadik, ammo o'tkazib yuborilgan golga javob berolmadik. Nima bo'lganini tushunish uchun o'yinni qayta ko'raman. Javob uchrashuvi butunlay boshqacha bo'ladi. Hammasi hal bo'lgani yo'q", - deydi Klopp.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 12.01.2017 / 10:01
Bosh sahifaga
Derbi.uz saytining Telegram’dagi rasmiy kanali — @goaluz’ga a’zo bo‘ling!
© 2013-2017, Derbi.Uz™
waplog