Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• UzOnline.Ru - Live natijalar!
• Championat.In - Online translatsiya
Luis Suares FIFA marosimiga eski arazi tufayli bormagan
"Barselona" hujumchisi Luis Suares FIFAning Tsyurixda bo'lib o'tgan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimiga tashkilot bilan yomon munosabati tufayli bormagan, deya xabar beradi La Nacion.

Manbaga ko'ra, JCh-2014 musobaqasida Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjio Kellinini tishlagani uchun to'rt oyga diskvalifikatsiya qilinganidan so'ng FIFA bilan yomon munosabatda bo'lib qolgan urugvaylik 29 yoshli futbolchi bu marosimga borishni istamagan.

O'sha voqeadan so'ng FIFA Suaresni bir qancha vaqt ramziy terma jamoalarga qo'shmadi.

Ta'kidlanmoqdaki, FIFA bu yilgi ramziy terma jamoa futbolchilari qatoriga Suaresning besh yil avvalgi suratini qo'ygan. Futbolchining suratida uning tishlariga sha'ma qilingan.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 12.01.2017 / 10:03
Bosh sahifaga
goaluz goaluz goaluz goaluz
© 2013-2017, Derbi.Uz™
waplog