Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• UzOnline.Ru - Live natijalar!
• Championat.In - Online translatsiya
Luis Enrike: Ispaniya kubogi bosqichi bir o'yindan iborat bo'lsa tomoshabop bo'lar edi
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya kubogi chorak finalining javob uchrashuvida "Atletik" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi (Birinchi o'yin - 1:2).

"Jamoamdan mamnunman. Oxirgi o'yinlardagi kabi jamoa yaxshi himoyalandi va hujum qildi. Bunday o'yinlarda xatolarga yo'l qo'yish kerak emas, biz o'yinni to'liq nazorat qildik. "Atletik" o'zining yagona vaziyatidan foydalandi. Biz xotirjamlikni saqlagan holda ko'plab imeoniyatlar yaratdik. Bugun jamoa juda ham tartibli o'ynadi.

Oxirgi o'yinlarda raqiblarimiz kam imkoniyatga ga bo'lib turib ham darvozamizni ishg'ol qilishdi. Buni tuzatishimizga ishonaman. Bizga uzoq muddatli g'alabalar seriyasi kerak.

Messi har doimgiday o'yin taqdirini hal qildi. U "Barselona"da uzoq vaqt qoladi deb umid qilaman. Undan yaxshisi yo'q. Gap faqa golda emas, o'yinni o'qiy olishida, to'g'ri qaror qabul qilishda va jamoadoshlariga yordam berishida.

Har ikki o'yin tomoshabop bo'ldi. Menga Kubok yofadi, ammo bosqichlar bir o'yindan iborat bo'lsa, yanada tomoshabop bo'lar edi", - deydi Enrike.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 12.01.2017 / 10:04
Bosh sahifaga
Derbi.uz saytining Telegram’dagi rasmiy kanali — @goaluz’ga a’zo bo‘ling!
© 2013-2017, Derbi.Uz™
waplog