Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar!
• Championat.In - Online translatsiya
• Jamoa tuz va smarfonlarni yutib ol
Massimiliano Allegri: Bizda Evra bor, boshqasini sotib olmaymiz
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya kubogi 1/8 finalida "Atalanta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:2) fikrlarini bildirdi.

"Har ikki jamoa yaxshi o'ynadi. Afsuski, biz o'yinni tashlab qo'ydik va uchinchi golni o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. Agar shunday bo'lganida, keyingi bosqichga o'tishimiz qiyinlashardi.

Bu o'yin biz uchun saboq bo'ldi. Final hushtagi chalinguncha o'ynash kerak, biz xatolar ustida ishlaymiz. Raqibimizning hissityotlarini tushunaman. Bugun ko'p tavakkal qildik.

Pyatsa 15 daqiqa o'ynadi, keyin uning qanday shug'ullanishini ko'ramiz. U 100 kun bo'lmadi va bugun Italiyada o'ynash qiyinligini tushundi.

Ayni paytda bizda Evra bor va boshqa kimnidir sotib olmaymiz", - deydi Allegri.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 12.01.2017 / 10:05
Bosh sahifaga
© 2013-2016, Derbi.Uz™
waplog