Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ro'ziqul Berdiev: Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik
Bugun “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

“Bo'lajak o'yinga tayyormiz. Raqibni yanada yaqinroq o'rgandik. Ertaga nafaqat yaxshi natija uchun, balki chiroyli o'yin ko'rsatishga ham harakat qilamiz. Biz guruhda kuchli raqiblarga duch keldik, ammo orqada qolishni istamaymiz. Ertaga bo'ladigan o'yinda ikkala jamoaga ham uch ochko zarur. G'alaba qozonishimiz uchun hujum qilishimizga to'g'ri keladi. Lekin himoyani unutmasligimiz kerak. Chunki raqibimizning hujum chizig'i juda kuchli shakllangan. Biz agar ertaga ochiq o'yin namoyish qiladigan bo'lsak, ularga oson bo'lishi mumkin. Shundan kelib chiqib bo'lajak o'yinga reja tuzganmiz.

Takror aytaman guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilishgan. Hozir uchta jamoa bir xil, ya'ni olti ochkoga ega. “Al Vasl” jamoasi uchta mag'lubiyatdan so'ng, imkoniyatini pasaytirib yubordi. O'ylaymanki, guruhdan chiqish uchun kurash mana shu uch jamoa o'rtasida kechadi. Bu ham bo'lsa taxmin, aslida bo'lajak o'yinlar natijasi bunga aniqlik kiritadi.

Dragan Cheran? Dragan Cheran ertaga bo'ladigan o'yinga tayyor, u bizga albatta yordam beradi.

Albatta biz Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik (kuladi). Uni muxlislarimiz ham Qarshida kutishdi. Futbolchilarimiz ham unga qarshi o'ynashni ishtiyoq bilan kutishayapti. Tarkibimizdagi yosh futbolchilar uchun bu quvonchli voqea bo'lardi”, - dedi Berdiev.

Aziz G'aniev: “Xavi o'ynashidan qat'iy nazar, faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz”

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 10:09
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™