Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Uzbarca.uz - Barcelona yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar!
• Dizayn guruhining yangi konserti
• Championat.In - Online translatsiya
"Manchester Siti": Chempionlikka 3 qadam qoldi
Angliya chempionatining 30-turi doirasida so'nggi o'yin bo'lib o'tdi. "Manchester Siti" safarda "Stok Siti" mehmoni bo'ldi va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Butun o'yin "shaharliklar"ning stsenariysi ostida kechdi. Mezbonlar to'liq tarkib bilan himoyalangan bo'lsalar-da, Gvardiola shogirdlari raqib darvozasiga 2-marta yo'l topishdi.

Bahsning 10-daqiqasida David Silva hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi bo'lim boshida uning o'zi raqib darvozasiga ikkinchi to'pni yo'lladi.

Ushbu g'alabadan keyn "Manchester Siti" o'z ochkolarini 81 ochkoga yetkazib qo'ydi va ikkinchi o'rinda kelayotgan "MYu"dan 16 ochkolik farqni saqlab qoldi. Demak, navbatdagi 3ta g'alaba "Siti" muddatidan avval chempionlikni taqdim etadi.

APL, 30-tur
Stok Siti – Manchester Siti 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 10 Silva, 0:2 – 50 Silva.
Stok Siti – Batlend, Bauer, Zuma, Martins Indi, Stafilidis, Allen, Kemeron (Sobxi, 88), Ndiaye, Shakiri, Xese (Krauch, 63), Shupo-Moting.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Kompani, Otamendi, Zinchenko, de Bryuyne, Fernandino, Silva, Sterling (Bernardu Silva, 85), Gabriel Jezus (Gyundogan, 90), Sane.
Ogohlantirish: Allen (73).

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 10:09
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™