Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Uzbarca.uz - Barcelona yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar!
• Dizayn guruhining yangi konserti
• Championat.In - Online translatsiya
FIFA Gretsiyani halqaro o'yinlardan chetlatishi mumkin
FIFA Gretsiya hukumatidan mamlakat futbolida tartib o'rnatilishini talab qildi, aks holda grek futboliga sanktsiyalar qo'llanishi mumkin.

FIFA nazorat qo'mitasi mamlakat hukumatiga chempionatni to'xtatib turish va grek futbolidagi voqealarga e'tibor berishni maslahat berdi.

Eslatib o'tamiz, 5-fevral kuni "Olimpiakos" muxlislari jamoa mag'lubiyatidan so'ng stadionda tartibsizlik keltirib chiqarganlar, klub uch ochkodan mahrum qilingan va ikki o'yinni muxlislarsiz o'tkazish jazosi tayinlangan.

26-fevral kuni PAOK – "Olimpiakos" uchrashuvida mehmonlar murabbiyiga kassa tasmasi ruloni uloqtirilgan. PAOKdan 3 ochko olib tashlangan.

11-mart kuni PAOK prezidenti Ivan Savvidi AEK bilan uchrashuvda belida to'pponchasi bilan maydonga tushgan va hakamga po'pisa qilgan. Gretsiya chempionati noma'lum muddatga to'xtatildi.

Gretsiya politsiyasi Savvidini hibsga olish uchun order bergan ammo uni hech qaerdan topib bo'lmayapti.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 10:11
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™