Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Uzbarca.uz - Barcelona yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar!
• Dizayn guruhining yangi konserti
• Championat.In - Online translatsiya
Vitaliy Denisov CSKA yoki "Krasnodar"ga o'tishi mumkin
Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin. 31 yoshli futbolchiga Rossiyaning CSKA va "Krasnodar" klublari da'vogarlik qilishmoqda.

O'zbekistonlik futbolchining "temiryo'lchilar" bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi. Shu bois, u yangi jamoa safiga erkin agent sifatida qo'shilishi mumkin. Krasnodarliklar Vitaliyga 2 yillik shartnoma taklif qilishyapti. Shuningdek, taklif qilinayotgan shartnoma tomonlarning kelishuviga ko'ra yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Shuningdek, Denisovga CSKAdan ham qiziqishlar bor. Xabaringiz bor, hamyurtimiz armiyachilar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Vitaliy Denisov 2013-yildan beri "Lokomotiv" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Rossiya chempionatining ushbu mavsumida 7ta o'yinda maydonga tushdi. O'zbekistonlik himoyachi "Loko" safida jami 139ta uchrashuvda maydonga tushgan hamda 1ta gol urib, 11ta golga uzatma bergan.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 10:11
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™