Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Eng so‘nggi futbol yangiliklari
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Vest Hem" mavsumning qolgan uchrashuvlarni muxlislarsiz o'tkazishi mumkin
"Vest Hem" klubiga mavsumning qolgan o'yinlarini tomoshabinlarsiz o'tkazishi mumkin. Bunga jamoa muxlislarining "Byornli" bilan uchrashuvdagi tartibsizliklar sabab bo'ldi.

10-mart kuni Londonda APLning 30-turida "Vest Hem" - "Byornli" uchrashuvi bo'lib o'tdi va maydon egalarining 0:3 hisobidagi mag'lubiyati bilan tugadi. O'yin vaqtida muxlislar maydonga bir necha marta tushib ketishdi, muxlislarning katta qismi VIP-lojada o'tirgan klub xo'jayinlariga hujum qilmoqchi bo'lishdi.

Agar Angliya futbol assotsiatsiyasi "Vest Hem"ni xavfsizlikni saqlamaganlikda aybdor deb topsa, jamoa mavsum oxirigacha bo'sh stadionda o'ynashga majbur bo'ladi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 10:12
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™