Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Dizayn guruhining yangi konserti
Xosep Gvardiola: Agar "Siti" bugungiday o'ynab tursa - chempion bo'ladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 30-turida "Stok Siti" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Chempionlikka juda yaqin turibmiz, bizda 81 ochko bo'ldi, bu juda ko'p. Bugun yaxshi o'ynadik, raqibimizda bir marta ham vaziyat bo'lmadi.

Oldimizda uch haftalik tanaffus bor, tiklanish uchun Abu-Dabiga borib kelamiz.

Chempion bo'lish juda qiyin, ammo klubimiz tarixida sovrinlar juda oz. Chempionlikni tezroq qo'lga kiritishni istaymiz, shunda terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusda nafasimizni rostlab olamiz.

"MYu"dan yuqori turishimiz muxlislarimiz uchun qanchalik muhimligini tushunamiz. Navbatdagi manzilimiz - "Everton". Agar bugungiday o'ynab tursak, ertami, kechmi, chempion bo'lamiz", - deydi Gvardiola

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 15:45
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™