Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Butsa.Uz - Futbol xabarlari
• UzOnline.Ru - Live natijalar!
• Dizayn guruhining yangi konserti
• Championat.In - Online translatsiya
“Nasaf” futbolchilari bugun Xaviga qarshilik ko'rsatishadi
Bugun “Nasaf” Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidagi 4-tur uchrashuvini o'tkazadi. Raqib juda jiddiy. Qarshida mag'lubiyatga uchragan raqibimiz, bu safar o'z maydonida o'ynaydi. Bu ham raqibimizga ustunlik beradi.

Ammo “ajdarlar”ni har qanday raqib bilan murosasiz kurasha olishini hisobga olsak, mezbonlarga ham oson bo'lmaydi. Jamoamiz bu o'yinga ham ruhan, ham jismonan tayyor. Futbolchilarimizning kayfiyati ham ko'tarinki. Qolaversa, o'tgan o'yinlarda jamoamizga yordam bera olmagan, legioner hujumchimiz Dragan Cheran o'z jamoadoshlariga yordam berishga tayyor.

Uchrashuv bo'lib o'tadigan Doha shahrida keyingi ikki kunda, bizga nisbatan havo harorati ancha yuqori. Ammo kechki payt aynan futbol uchun qulay ob-havo hukm surmoqda.

“Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi. Uchrashuv “Sport” telekanali orqali 20:10dan boshlab namoyish etiladi.

OChL-2018. “S” guruhi, 4-tur

“Nasaf” (O'zbekiston) – “Al Sadd” (Qatar)

13.03.2018. Doha, “Jassim Bin Hamad” stadioni. 20:15da

Bosh hakam: Axmad Al Kaff (Ummon)

Qanot hakamlari: Abubakr Alamri (Ummon), Rashid Al Gayti (Ummon)

To'rtinchi hakam: Qosim Al Xatmi (Ummon)

Nazoratchi: Viktor Kulbakov (Qirg'iziston)

Komissar: Abdulg'affor Abdulxamad (Maldiv orollari)

Bu uchrashuvni hamma intizorlik bilan kutmoqda. “Nasaf”ning keyingi yillardagi mazmunli o'yinlari millionlab yurtimiz ishqibozlarini o'ziga rom etdi. Bugun ham yigitlarimiz ana shunday muxlisbop, chiroyli o'yin ko'rsatadi. Bunga ishonchimiz komil.

Futbolchilarimiz o'zimizning ishqibozlarni qo'llab-quvvatlashlarini his etib turishibdi. Bu albatta yigitlarimizga qo'shimcha kuch beradi.

Keling, Siz aziz muxlislar nomidan jamoamizga omad tilaymiz. Olg'a “Nasaf”!

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 15:45
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™