Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Dizayn guruhining yangi konserti
Joze Mourino: Bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino YECHL 1/8 finali javob o'yini doirasida “Sevilya”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi. Bugun “Liverpul”ga gol urgan va uyida ham, safarda ham yutqazmagan jamoa bilan o'ynaymiz. “Liverpul” – juda mustahkam jamoa. Demak, bu shuni anglatadiki, “Sevilya” haqiqatda kuchli jamoa.

Jamoani YECHLning eng kuchli klublaridan deb aytmagan bo'lardim, biroq chorak finaldan so'ng hamma narsa bo'lishi mumkin. 1/8 finalda marragacha bo'lgan masofa uzoqdek tuyiladi, chorak finalda esa yarim finalni taftini his qila boshlaysan”, — deydi Mourino.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 15:45
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™