Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• UzOnline.Ru - Live natijalar
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Dizayn guruhining yangi konserti
Vinchentso Montella "MYu"ning omadli seriyasiga chek qo'ymoqchi
"Sevilya" bosh murabbiyi Vinchentso Montella YECHL 1/8 finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan fikr bildirdi.

"Bu "Sevilya" uchun juda muhim o'yin. Chorak finalga chiqish bizga uda kerak. Albatta, bunday buyuk stadionlarga tashrif buyuradigan jamoalarga qanchalik qiyin bo'lishini bilamiz. Yuz foiz kuchimizni ishlatishiz va omad biz tomonida bo'lishiga ishonishimiz kerakligini bilamiz.

"MYu" bilan qarama-qarshiligimiz 180 daqiqalik. Seshana kuni bizda yana bir imkoniyat bo'ladi. "MYu" ketma-ket "Chelsi", "Kristal Pelas" va "Liverpul"ni yutdi. Ularning g'alabali seriyasini to'xtatishga harakat qilamiz", - deydi Montella.

Eslatib o'tamiz, ushbu klublar o'rtasidagi birinchi o'yinda 0:0 hisobi qayd etilgan edi.

Manba: www.stadion.uz
Qo`shdi: Dj.Max
Kiritilgan sana: 13.03.2018 / 15:47
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Derbi.Uz™